| Qara, qanchalik go’zal osmon
|
| Tepadan ko’ray dema, axir shetdanam chiroyli
|
| Shu ahvolda yotish senga mosmi?
|
| Men bilaman bu balolarni vohimasi bir oylik!
|
| Bilasanmi qanchalar go’zal Baku?
|
| Hali yuramiz, ko’chalarni zo’rin
|
| Bosib!
|
| Bu hayotda shundog’am g’alva
|
| Ko’p
|
| Kel o’ylama, yurakda baxtga ham o’rin qosin!
|
| Ke, barcha qiyin temalaringni yopgin birpasga
|
| Men esa barcha treklarimni
|
| Quvonchli qilay
|
| Balki ularni eshitib ko’ngling topgandir taskin
|
| Sen uchun kulgili bo’lsa, mayli yiqilay!
|
| Ke, shu xayollaringdan ozod bo’l bir zumga
|
| Bu oqqan daryo sengacha, sensiz ham oqqan!
|
| Qoldir azoblaringni, tur yo’lga to’ldir sumka
|
| Qamalmagin sira to’shak degan ensiz qamoqqa!
|
| Urar ekan motor
|
| Bir yettiyu yigirma to’rt
|
| Hech qachon egilma, tur!
|
| Dardingga yengilma, ko’r
|
| Hali yaxshi kunlaring ham bo’ladi
|
| Ishonching dardingga malham bo’ladi!!!
|
| Bu hayotimiz huddi Lotto
|
| Aniq bizniki bo’ladi Jackpot!
|
| Hali urib turganda motor
|
| Orzularing uchun terminatordek bo’l!
|
| Bilasanmi, niyatlar yetar osmonga uchib borib
|
| Sen uchun dorini kuchlisi «umid» ekan!
|
| Ko’rsatib qo’y ularga kuching borin
|
| Va bugun betda dramma bo’midi degin!
|
| Mayli senga kerakmas hech nima, kerakmas mulk
|
| Charchadim deya
|
| Boshlamagin g’alayon!
|
| Agar yashashga topmasang mazmun
|
| Qara onang qanday go’zal ayol!
|
| To’g’ri, menga gapirish oson
|
| Lekin osonmas, darding oldida ojiz bo’lish!
|
| So’raganim, iltimos osmon
|
| Kerakmas bizni bejiz bo’lish!!!
|
| Urar ekan motor
|
| Bir yettiyu yigirma to’rt
|
| Hech qachon egilma, tur!
|
| Dardingga yengilma, ko’r
|
| Hali yaxshi kunlaring ham bo’ladi
|
| Ishonching dardingga malham bo’ladi!!! |